
Adliya vazirligi tomonidan fuqaro G. Joʻrayevaning marhum sanʼatkor Sherali Joʻrayev muallifligidagi "Koʻrmisham", "Bandaman" hamda "Karvon" nomli musiqiy asarlardan Sardor Mamadaliyev ruxsatsiz foydalangani yuzasidan yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi.
Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Chust tuman sudining qaroriga muvofiq, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, yaʼni 8 240 000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) soʻm miqdorida maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.



