
Baxmal tumanidagi korxona uchun beriladigan mazkur sertifikat Niderlandiyada joylashgan Control Union Certifications B.V. tomonidan berilgan boʻlib, AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligining Milliy organik dasturi (USDA NOP) talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan.
Bu sertifikat korxonada zaʼfaron mahsulotini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari xalqaro standartlariga toʻliq javob berishini tasdiqlaydi.
USDA Organic sertifikati xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan hujjat hisoblanib, u mahsulotning kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik pestitsidlar va taqiqlangan moddalarsiz, qatʼiy nazorat ostida tayyorlanganini kafolatlaydi. Shuningdek, korxonaga oʻz mahsulotini AQSh va boshqa xalqaro bozorlarga “Organic” belgisi ostida eksport qilish imkoniyatini beradi.
“USDA Organic Integrity Database” rasmiy elektron platformasi orqali ham tasdiqlangan. Bu esa korxonaning faoliyati ochiqligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini yana bir bor isbotlaydi.



