Xabaringiz bor, 2024 yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Forish tumanlarida qand lavlagini yetishtirish uchun 50 ming gektar, shakar zavodi qurish uchun esa 170 gektar yer maydoni tanlab olinganini maʼlum qilgandi.

Shundan soʻng, viloyatda 2026 yil mart oyidan Misrning “Nile Sugar” kompaniyasi tomonidan 450 mln dollarlik shakar zavodi loyihasini amaliyotga tatbiq qilish rejaga kiritildi.
Bu loyiha qand lavlagini yetishtirish va uni qayta ishlashning toʻliq tizimini oʻz ichiga oladi.
Mazkur tizim yiliga 200 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Maʼlumot uchun, 2025yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 165,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.



