
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida viloyat boʻyicha 5927 ta holatda 512,9 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Agentlik xodimlari tomonidan berilgan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar natijasida 404,7 gektar maydondagi 4520 ta noqonuniy holat ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.
Yer va kadastr qonunchiligini buzgan 3138 nafar shaxsga nisbatan jami 42 mlrd. 316 mln. 537 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima jazosi tayinlangan.
Koʻrilgan choralar natijasida:
— 4 mlrd. 649 mln. soʻmlik jarimalar undirilishi taʼminlangan;
— Jarimalarni 15 kunlik muddat ichida ixtiyoriy toʻlagan shaxslarga nisbatan 1 mlrd. 163 mln. soʻmlik imtiyoz qoʻllanilgan;
— 521 ta holat boʻyicha 21 mlrd. 338 mln. soʻmlik jarimalarni majburiy tartibda undirish uchun hujjatlar MIB organlariga yuborilgan;
— Qolgan 15 mlrd. 166 mln. soʻm miqdoridagi jarimalarni undirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.
2024 yilning 8 noyabridan kuchga kirgan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning barcha tuman va shaharlarida xatlov ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunga qadar tasdiqlangan reja-jadvalga asosan 127 ta mahalla fuqarolar yigʻinining chegaralari "UZCAD" tizimida toʻliq shakllantirilgan.
Matbuot anjumani davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va kadastr xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.



