
Bu mahsulotlardan tayyorlangan taomlar saratondan himoya qiladi.
Kundalik hayotimizda deyarli ovqatlanish ratsionimizda bunday tabiiy mahsulotlarni tanovul qilish lozim. 30 gramm don isteʼmol qiladigan ayollarda oʻpka saratoni rivojlanish ehtimoli 2 baravarga kamayadi. Bir piyola qoragʻatli boʻtqa koʻkrak saratoniga qarshi eng yaxshi himoya hisoblanadi.
Qaynatilgan kartoshka qon bosimini nazorat qiladi.
Kaliyni isteʼmol qilish (400 gr qaynatilgan kartoshka yetarli, ammo kartoshkani poʻsti bilan isteʼmol qilishni unutmang!) qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi.
Tishlar uchun eng yaxshi himoya - qattiq pishloq
Tadqiqotchilar kuniga 10 gramm Chedder, Gauda yoki Motsarella pishloqlari rN (kislotalik indeksi) darajasini pasaytiradi, bu esa tishlarning shikastlanishini oldini oladi.
Koʻz nurining eng yaxshi himoyachisi - shovul va salat bargi
Milliy Sogʻliqni saqlash instituti olimlari luteinni (koʻkatlarda topilgan) isteʼmol qiladiganlarda sariq dogʻ degeneratsiyasiga chalinish ehtimolini 43% ga kamaytirishini isbotladi.
Loviya
Dukkaklilarga mansub loviya tarkibida kletchatka juda koʻp. U qondagi qand miqdorini va tana ogʻirligini meʼyorga soladi. Sutkasiga 15-20g loviya yeyish kifoya.
Yogurt
U organizmimizning meʼyorda ishlashi uchun zarur bakteriyalarga boy. Bu mahsulotda S, V1, V2, A provitamini bor. Ular sogʻlom teri va asab tizimi uchun foydali.
Tuxum
Diyetologlar doimo tavsiya qiladigan mahsulot bu - tuxum. Chunki unda oqsil koʻp. Tuxum sarigʻining tarkibiga miyani oziqlantiruvchi asosiy modda - xolin va koʻz uchun foydali lyuteinlardan iborat.
Yongʻoqlar
Yogʻ kislotalariga juda boy. Bu foydali va mazali mahsulotni isteʼmol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi, kayfiyatni koʻtaradi, terini oftobning zararli nurlaridan himoya qiladi va saraton hujayralariga qarshi kurashadi.



